Mehmon stoldagi QR kodni skanerlaydi, menyuni o'z tilida ko'radi va buyurtma beradi. Siz va ofitsiantlar uni darhol ekranda va telefonda ko'rasiz — qog'oz menyu, kutish va adashishlarsiz.
Restoran nomi va login bilan ariza qoldiring. Tekshirib, hisobingizni faollashtiramiz.
Taomlarni o'zingiz kiriting yoki tayyor katalogdan rasmlari bilan tanlang. Har bir stol uchun QR kod avtomatik yaratiladi — chop eting va stolga qo'ying.
Mehmon skanerlab buyurtma beradi, ofitsiantni chaqiradi yoki hisob so'raydi. Siz hammasini real vaqtda ko'rasiz.
Mehmon menyusidan tortib smenani yopishgacha — bitta tizimda.
Rasmli, qulay menyu o'zbek, rus va ingliz tillarida. Mehmon hech narsa o'rnatmaydi — kamera kifoya.
«Ofitsiant» va «Hisob» tugmalari: chaqiruv ofitsiant telefoniga ovozli signal bilan boradi.
Buyurtmalar taxtasi: yangi, tayyorlanmoqda, berildi. Bitta stolda — bitta umumiy hisob.
Android ilova: buyurtma kiritish, smena rejimi, internet uzilsa qoralama — aloqa tiklanishi bilan o'zi yuboriladi.
0.5 va 1 porsiya, «piyozsiz», «+pishloq», kilolab sotiladigan shashlik va baliq — tortilgach aniq hisob.
Hisob va Z-hisobotni Bluetooth chek printerida yoki oddiy printerda chop eting.
Kunlik tushum, eng ko'p sotilganlar, joylar va xodimlar kesimi, smenani yopish.
Ofitsiantlarni qo'shing va kuzating: kim nima kiritgani, chaqiruvga qancha vaqtda kelgani — faoliyat jurnalida.
Tugagan taomni bir bosishda yashiring, qoldiqni hisoblang. Xizmat haqi foizi avtomatik qo'shiladi.
Barcha imkoniyatlar har bir tarifga kiradi.